Bugun ishga chiqqan hamma xodimlar 1 soat vaqtli ketishi kerak!

Mehnat kodeksi 121-moddasiga binoan, bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi.

Ertaga Mustaqillik kuni, ya’ni ishlanmaydigan bayram kuni. Demak, bugun ishga chiqqan barcha xodimlar (6 kunliklar) 1 soat vaqtliroq uyiga ketishiga qonuniy haqqi bor, deb yozmoqda  Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev.

5 kunliklar esa bugun shanba bo‘lganligi uchun ishga chiqishmaydi.