Bugun kechqurun eng uzun tun bo‘ladi

21 dekabrdan 22 dekabrga o‘tar kechasi tabiatning ajoyib hodisalaridan biri kuzatiladi. Bu sanada eng uzun tun sodir bo‘ladi. Qishning bu eng uzun va qorong‘i kechasi «Yaldo» kechasi deyiladi.

Kun turishi 21 dekabr kuni butunjahon vaqti bilan 21:48 (Toshkent vaqti bilan 22 dekabr 02:48) da boshlanadi.

Bu vaqtda quyosh ekliptika bo‘ylab harakatlanar ekan, osmon ekvatoridan dunyoning janubiy qutbiga qadar eng uzoqqa yetib boradi. Sayyoramizning shimoliy yarimsharida astronomik qish, janubiy yarimsharda yoz boshlanadi.

Quyosh turishi vaqtidan oldin va keyin bir necha kun davomida, to‘xtab qoladigandek, quyosh balandlikni "ushlab turadi". Kunduzi Yerning shimoliy yarimsharida Quyoshning ufq ustidagi eng past holatini kuzatish mumkin bo‘ladi.

Shu kunlarda Arktika doirasidan tashqarida qutbli tun boshlanadi. Quyosh ufqdan yuqoriga chiqmaydi.

Qadimda ushbu jarayonni Yerdagi yorug‘lik va issiqlik bilan bog‘liqligini anglab, zulmat ustidan yorug‘lik g‘alabasi sifatida bilishgan. Ayrim xalqlar qayta tug‘ilish, yangi hayot va tabiat yangilanishi sifatida bayram qilishgan.

Masalan, qadimgi Xitoyda eng uzun tun tugashi bilan tabiatda erkakcha kuch uyg‘onadi, yangi sikl boshlanadi, deb ishonishgan va bayram qilishgan. Shu kuni imperatordan tortib oddiy halqqacha - bayram ta’tiliga chiqqan. Urushlar to‘xtatilgan. Hozirgacha qishki kun to‘xtashi Xitoyning an’anaviy bayramlaridan biri hisoblanadi.

Qishki kun turishida daraxtlarga qirov tushsa - mo‘l-ko‘l hosildan darak.

Gulnora Xoldorova tayyorladi.