Bugun Quyoshda uchta chaqnash yuz berdi

22 aprel kuni ertalab Quyoshda uchta zaif alanga chaqnashi yuz berdi. Bu haqda Fanlar akademiyasi Fizika instituti Quyoshning rentgen astronomiyasi laboratoriyasi ma’lumotiga asoslanib "RIA Novosti" xabar bermoqda.

"Quyoshda uchta «S» va undan yuqori darajadagi chaqnashlar bo‘lgan", deya xabarni keltiradi agentlik.

Ta’kidlanganidek, chaqnash soat 9:10, 10:00 va 10:50 da (Toshkent vaqti bilan) sodir bo‘lgan.

20 aprel kuni ham akademiyada quyoshda chaqnash ro‘y bergani haqida xabar berilgan. Laboratoriya rahbari Sergey Kuzinning so‘zlariga ko‘ra, «hozirgi vaqtda Quyoshning minimal faollashuvi davri kuzatilgani va so‘nggi paytda ustma-ust to‘rt-beshta shunday hodisa ro‘y bergani bilan bu chaqnash noyobdir".

2020 yil dekabr oyida Rossiya Fanlar akademiyasining (RAS) kosmik tadqiqotlar instituti direktori Anatoliy Petrukovich Quyoshning to‘satdan portlashi ehtimolini baholagan edi. Unga ko‘ra, Quyoshga bo‘lgan katastrofik tashqi ta’sir yaqin atrofdagi yulduzning portlashiga olib kelishi mumkin. Biroq, nazariy jihatdan portlashi mumkin bo‘lgan eng yaqin yulduzlar bizdan o‘nlab yorug‘lik yili uzoqlikda, shuning uchun har qanday bashorat ilmiy asosga ega emas.

G.Xoldorova tayyorladi.