Bugun soat 20:59 da quyosh bir muddat to‘xtaydi
Quyosh to‘xtashi – yilda keluvchi ikki kundan biri bo‘lib, quyoshning tushda ufqdan balandligi minimal yoki maksimal, bir yilda ikki kun - qish va yozda bo‘ladi.
Qishki quyosh to‘xtashi kuni quyosh ufqdan juda kam ko‘tariladi.
Shimoliy yarim sharda qishki kun 21 yoki 22 dekabrda sodir bo‘ladi: eng qisqa kun va eng uzun tun. Quyosh to‘xtashi vaqti har yili o‘zgarib turadi, chunki quyosh yili uzunligi kalendar vaqtiga to‘g‘ri kelmaydi.
2021 yilda qishki quyosh to‘xtashi 21 dekabr kuni butunjahon vaqti bilan 15:59 da (Toshkent vaqti bilan 20:59 da) sodir bo‘ladi.
Quyosh to‘xtashdan bir necha kun oldin va keyin, bir necha kun davomida go‘yo qisqa vaqt to‘xtab qolgandek, ushbu balandlikni "ushlab turadi". Shuning uchun «Quyosh to‘xtash» kunlari deb ataladi. Bu kuni qishki kunduzda, peshinda Yerning shimoliy yarim sharida Quyoshning ufqdan eng past holatini kuzatish mumkin.
Qishki kun to‘xtashida Quyosh janubi-sharqdan ko‘tarilib, osmonda eng qisqa yoyni tasvirlagan holda janubi-g‘arbga botadi.
Dekabr oyining ushbu kunlarida Arktika doirasidan (66,5 daraja shimoliy kenglik) narida qutbli tun boshlanadi, bu kun bo‘yi to‘liq qorong‘i bo‘ladi degani emas. Uning asosiy xususiyati shundaki, Quyosh ufqdan yuqoriga chiqmaydi.
Yerning Shimoliy qutbida nafaqat Quyosh, balki qosh qorayganini ham bilib bo‘lmaydi, Quyosh joylashishini faqat yulduz turkumlari orqaligina bilish mumkin. Yerning janubiy qutbi mintaqasida butunlay boshqacha manzarani ko‘rish mumkin: Antarktidada bu davrda kun 1 sutka davom etadi.
21 dekabrdan keyin har bir keyingi kun yorug‘ligi avvalgisidan biroz ko‘payib boradi va 1 yanvarga kelib kunduzgi soat yetti daqiqaga ko‘payadi.
Minglab yillar davomida qishki quyosh to‘xtashi kuni sayyoramizdagi tabiiy aylanishlar bilan uyg‘unlikda «yashab», ularga mos ravishda hayotini tashkil etgan barcha xalqlar uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Qadim zamonlardanoq odamlar Yerdagi hayot yorug‘lik va issiqlikka bog‘liqligini anglab, Quyoshni qadrlashgan. Ular uchun qishki quyosh turishi yorug‘likning zulmat ustidan g‘alabasini anglatgan.
G.Xoldorova tayyorladi.