Bugun Xalqaro yoshlar kuni: Mazkur sana 1999 yilda BMT tomonidan ta’sis etilgan

Har yili 12 avgust Xalqaro yoshlar kuni nishonlanadi. Bayram 1999 yil 17 dekabrda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan bir yil oldin Lissabonda (Portugaliya) bo‘lib o‘tgan Butunjahon Yoshlar ishlari bo‘yicha vazirlar konferensiyasi tavsiyasiga ko‘ra ta’sis etilgan.

BMT hisob-kitoblariga ko‘ra, hozirgi vaqtda dunyoda 1,2 milliard yoshlar (15-24 yosh) mavjud bo‘lib, bu dunyo aholisining 16 foizini tashkil qiladi.

2022 yilda Xalqaro yoshlar kuni uchun “Avlodlar birdamligi: barcha yoshdagi odamlar uchun tinchlik yaratish” shiori tanlangan.

Tadbir tinchlik va xavfsizlikni saqlash yo‘lidagi sa’y-harakatlar muvaffaqiyatini ta’minlashning asosiy omillaridan biri sifatida yoshlar rolini oshirishga qaratilgan.