Bugun yilning eng so‘nggi ish kuni. Ertadan barcha xodimlar 5 kun dam oladi
Prezidentning tegishli farmonlariga ko‘ra, Yangi yil bayramida ish haftasining davomiyligidan qat’i nazar barcha xodimlar ketma-ket 5 kun (31 dekabrdan 4 yanvarga qadar) dam oladi.
Demak, bugun 2021 yilning eng so‘nggi ish kuni. Ertadan boshlab barcha xodimlar 5 kunlik dam olishga chiqadi:
31 dekabr — juma, ish haftasidan qat’i nazar qo‘shimcha dam olish kuni (asos: PF-6122-son, 03.12.2020 y.);
1 yanvar — shanba, Yangi yil bayrami, ya’ni ishlanmaydigan kun;
2 yanvar — yakshanba, barcha uchun dam olish kuni;
3 yanvar — dushanba, ish haftasidan qat’i nazar qo‘shimcha dam olish kuni (asos: PF–35-son, 20.12.2021 y.);
4 yanvar — seshanba, haftasiga 6 kun ishlaydiganlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklar uchun 8 yanvar - shanba kunidan ko‘chirilgan dam olish kuni (asos: PF–35-son, 20.12.2021 y.).
Izoh: 8 yanvar - shanba kuni 5 kunliklar uchun ham, 6 kunliklar uchun ham ish kuni bo‘ladi.