Bugun yurtimizdagi turli tibbiyot muassasalarida 97 nafar bemor sog‘aydi

Shu soatlarda poytaxtimizdagi Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 41 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 34 nafar, Surxondaryo viloyatida 22 nafar, jami 97 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, o‘z uyiga kuzatildi.

Shunday qilib, ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida “COVID-19”dan tuzalganlar soni 3194 nafarni tashkil qilmoqda.

Surxondaryo viloyatida esa karonavirus infeksiyasidan forig‘ bo‘lganlar soni 65 nafarga yetdi.

Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab sog‘ayganlar soni 5426 nafarni tashkil etmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.