Bugundan  boshlab hojilarimiz yurtimizga qayta boshlaydi

"Haj – 2023" mavsumini ko‘tarinki kayfiyatda yakunlagan ziyoratchilarimiz joriy yil 4-22 iyul kunlari yurtimizga qaytib keladi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

Yurtdoshlarimiz Jidda shahridan O‘zbekistonning 10 ta hududi – Toshkent, Namangan, Farg‘ona, Qarshi, Termiz, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Urganch va Nukus sari parvoz qilib, qaytib keladilar.

"Haj – 2023" tadbirining uzluksiz va tartibli o‘tkazilishida "Uzbekistan Airways»" aksiyadorlik jamiyatidan malakali uchuvchi va bortkuzatuvchilari jalb etilgan. Hojilarimizga havo sahnida turli taom va ichimliklar taqdim etiladi.