Bugundan nimalar o‘zgaradi?
2023 yil 1 martdan O‘zbekiston qonunchiligida ayrim o‘zgarishlar ro‘y beradi. Quyida ularning elektron xizmatlarga bog‘liq qismlarini eslatib o‘tamiz.
Elektr va gaz iste’moli bo‘yicha huquqbuzarliklar elektron rasmiylashtiriladi
-Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik bo‘yicha tuzilgan dalolatnomalarni elektron shaklda rasmiylashtirish va tegishli ma’lumotlarni “E-maʻmuriy ish” tizimiga kiritish tartibi joriy etiladi.
IT-park rezidentlari uchun to‘lov majburiyatlari miqdori kamaytiriladi
- IT-park direksiyasi uning rezidentlari tomonidan har oy o‘tkaziladigan ajratmalar miqdorini, ular tomonidan yaratilgan dastur, milliy ijtimoiy tarmoq va messenjerlar auditoriyasining qamrovi 500 ming foydalanuvchidan oshganda 25 foizga, 1 million foydalanuvchidan oshganda 50 foizga pasaytiradi.
QQS to‘lovchilar aktivlari haqidagi ma’lumotni «E-aktiv»ga kiritishga majbur bo‘lishadi
- QQS to‘lovchilar va ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq miqdorda bo‘lgan yuridik shaxslar uchun yangi majburiyat yuklanadi.
Eksternat tartibida imtihonlar topshirish uchun arizalar qabul qilish boshlanadi
- O‘quvchilar eksternat tartibida imtihonlar topshirish uchun YIDXP orqali arizalarni qabul qilish muddati 1-mayga qadar davom etadi.