Bugungi pandemik vaziyat dunyo olimlari nigohida
Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Yevropa Ittifoqining “Erasmus plyus” dasturi doirasida Ispaniyaning Ovedo universitetining umumiy rahbarligida “SPHERA: Osiyo sog‘liqni saqlash tizimida injeneriya va unga bog‘liq sohalarda ta’limni professionalizatsiyalashni qo‘llab-quvvatlash” loyihasida ishtirok etib keladi. Uch yildan buyon davom etayotgan mazkur loyihaning yakunlovchi tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Ayni kunlarda loyihaning «Osiyoda favqulodda vaziyatlarni boshqarish va jamoat salomatligi tadqiqotlari» mavzusidagi yakunlovchi konferensiyasi xalqaro miqyosda, onlayn shaklda o‘tkazildi.
Konferensiya ishida Ispaniya, Portugaliya, Buyuk Britaniya, Nepal, Kipr va Osiyoning yetakchi OTM mutaxassislari, Yevropa Ittifoqining “Erasmus plyus” milliy ofisi vakillari, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari mutasaddilari, shuningdek, respublikamizdagi boshqa ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.
Mazkur loyiha noodatiy vaziyatlarda aholi salomatligini saqlash bo‘yicha yangi, innovatsion o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va sohaga ixtisoslashgan oliy ta’lim bitiruvchilarini ish va zarur sharoitlar bilan ta’minlash, klinikalar va kasalxonalar o‘rtasidagi tafovutlarni yo‘qotib, aloqalarni mustahkamlash orqali zamonaviy, mutlaqo yangi shakldagi tizimni yaratishni maqsad qilgan.
Gulchehra BERDIYoROVA.