Bugunning o‘zida 102 nafar bemor koronavirus dardidan forig‘ bo‘ldi
Ayni soatlarda bir yo‘la ikki hududda: poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 8 nafar, Navoiy viloyatida 7 nafar, jami 15 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.
Endilikda sog‘ayganlar soni Toshkent shahrida 1543 nafarga, Navoiy viloyatida 142 nafarga yetdi.
Shunday qilib, bugun kun davomida 102 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 3459 nafarni tashkil etmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, ayni paytda yurtimizda koronavirus aniqlanganlar soni 4482 nafarni tashkil qilib, sog‘aygan va vafot etganlardan tashqari, jami 1005 nafar bemor davolanmoqda.