Bukmekerlik xizmatlarni targ‘ib qiluvchi 27 ta sayt bloklangan

Raqobatni rivojlantirish  va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Asadulla Qayumovning ma’lum qilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda estrada yulduzlari, sportchilar va blogerlar tomonidan totalizatorlar hamda bukmekerlik xizmatlarini reklama qilish holatlari bo‘yicha ichki ishlar organlariga 11 ta xat kiritilgan.

Qo‘mita tomonidan reklama beruvchi (tayyorlovchi, tarqatuvchi, buyurtmachi)larni qonun talablariga rioya etilishini ta’minlash yuzasidan turli soha va yo‘nalishda 400 dan ortiq ogohlantirish xati berilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda 4 500 dan ortiq reklamalar yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazilgan, shundan (Facebook - 144 ta, Instagram - 344 ta, Telegram - 4 108 ta) qonunbuzilish holatlari aniqlangan va bartaraf etilgan.

Olib borilgan ishlar natijasida bukmekerlik xizmatlarni targ‘ib qiluvchi 92 ta veb-saytni bloklash bo‘yicha AOKAga takliflar kiritilgan bo‘lib, shundan 27 ta sayt bloklangan.