Bulung‘urda “Epica” yukxonasida ko‘p miqdorda pirotexnika vositalari aniqlandi

Bugun, 20 dekabr kuni Bulung‘ur tumani hududida tungi xizmatni olib borayotgan YPX 1-otryadi hamda tuman IIB xodimlari hamkorligida “Epica” rusumli avtomashina to‘xtatilib tekshirildi.

Tekshiruv davomida Samarqand shahrida yashovchi 1977 yilda A.S. avtomashinasining yukxonasida ko‘p miqdorda pirotexnika (salyut) vositalarini olib ketayotganligi aniqlandi.

Ushbu holat huquq-tartibot organlari tomonidan hujjatlashtirildi.