Bulung‘urda noqonuniy yo‘l bilan salkam 9 tonna rangli metall parchalarini olib ketayotgan shaxs ushlandi

Qayd etilishicha, viloyat bojxona boshqarmasining kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan rangli metallarni noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yo‘nalishida Bulung‘ur tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Fuqaro P.B. boshqaruvidagi "ISUZU" rusumli yuk mashinasi to‘xtatilib, belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazilganda, avtomashina yukxonasida tegishli hujjatlari bo‘lmagan, qiymati 20,2 million so‘mlik, umumiy og‘irligi 8790 kilogramm rangli metall parchalari yashirilganligi aniqlangan.

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.