Burkino-Fasoning kambag‘al prezidenti pora olmasdi, “ekonom klass”da parvoz qilardi. Ammo u nega o‘ldirildi?

1983 yil 4 avgust kuni Afrikaning Yuqori Voltasida davlat to‘ntarilishi sodir etildi. Bu to‘ntarish so‘nggi 17 yil ichidagi to‘rtinchisi edi. Hukumatni 33 yoshli milliy armiya kapitani Tomas Sankaraning tarafdorlari egallashdi. Sankara tez orada mamlakat nomini Burkino-Faso, ya’ni “sotilmas odamlar yeri”ga o‘zgartirdi (u hozirgi kunda ham shunday ataladi). Aholi bu o‘zgarishga bee’tibor edi. Chunki ular uchun mamlakat rahbarlarining barchasi bir xil - zolim edi.

Odatda bu yurtda prezidentlar shunday yo‘l tutishadi – hukumatni egallaydi, raqiblarini qatl qiladi, yangi qo‘zg‘olondan so‘ng bir talay pul bilan Yevropa yoki Amerikaga qochishadi.

Sankara birinchi bo‘lib prezidentlik uchun oyiga 2000 AQSh dollari to‘lanadigan maoshdan bosh tortdi. U ushbu pullarni bolalar uyiga berdi. O‘zi  harbiy ofitserlik uchun to‘lanadigan 450 AQSh dollariga kun kechirdi.

Keyin u nafaqat Afrikada, balki boshqa davlatlarda uchrashi qiyin bo‘lgan “dahshatli” ishlarga qo‘l urdi. Ya’ni, hukumat tasarrufidagi barcha qimmatbaho avtomobillarni sotib yubordi va o‘rniga arzon va kamtarona avtomobillarni xarid qildi. Mansabdorlarning maoshlarini qisqartirib, ularga “biznes-klass”da parvoz qilishni ta’qiqladi. O‘zi esa rasmiy davlat uchrashuvlariga samolyotning “ekonom klass”larida uchdi.

Jazirama issiqda o‘zining mehnat xonasiga konditsioner o‘rnatishdan bosh tortdi: “Bizda ko‘p odamlarning bunday qilishga (konditsioner o‘rnatishga) qurbi yetmayotgan bir vaqtda, bunday hashamatni o‘rnatish uyat bo‘ladi. Hechqisi yo‘q, biroz terlayman”.

Davlat xizmati xodimlariga shinam Yevropa kostyum-shimlaridan voz kechish va uning o‘rniga mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan tayyorlangan arzon kiyimlarni kiyish buyurildi. Har rojdestvo bayramida vazirlarga bir oylik maoshidan voz kechib kambag‘allarga berish majburiyati yuklatildi. Oddiy xalq qanday yashayotganini va hayot kechirish uchun nimalar qilayotganini bilishlari uchun ko‘plab mansabdorlar yerga ishlov berish va chorvaga qarash uchun qishloqlardagi fermalarga xizmat safarlariga yuborildi. Bundan mansabdorlar xafa bo‘ldi, albatta.

Bulardan tashqari, prezident yirik yer egalaridan yerlarini olib qo‘yib, ekin maydonlarini dehqonlarga topshirdi. Natijada bug‘doy hosili 2,5 barobarga ko‘paydi va mamlakatdan ocharchilik xavfi aridi. Sankara G‘arbiy Yevropa va AQSh yordamidan bosh tortdi va shunday dedi: “Yorug‘ olamda hech narsa shunchaki berilmaydi... Kim boqsa, o‘sha seni nazorat qiladi”.

Томас Санкара в мемориальном музее В. И. Ленина в Смольном, 1986 г.

Sankara tomonidan tashkil etilgan xalq tribunalchilari mamlakat bo‘ylab korrupsiyachi amaldorlarni va davlat byudjeti o‘g‘rilarini qo‘lga olishardi. Biroq hech kim qatl ettirilmasdi. Chunki Sankara o‘lim jazosini bekor qilgandi. Lekin qamoq jazolari uzoq muddatli edi. Masalan, 100 AQSh dollari qiymatidagi pora uchun 10 yil qamoq jazosi qo‘llanilardi.

Bunday keng ko‘lamli islohotlar barcha sohalarda olib borildi. Afrika sahrosining kengayishini to‘xtatish maqsadida Sankara o‘n million dona daraxt ektirdi. 2,5 million bolalar yuqumli kasalliklarga qarshi emlandi. Bu davrda odamlar kelajakka ishonishni boshladi, mamlakat iqtisodiyoti bir muncha ko‘tarildi va oddiy aholining turmush tarzi kun sayin yaxshilanib bordi. Muhimi, Sankara odamlar qalbida umid uyg‘otdi.

Томас Санкара в Центре подготовки космонавтов им. Ю. А. Гагарина.

Shunday bo‘lsa-da, Sankaraga qarshi fitna boshlandi. Chunki mansabdorlar va harbiylar orasida undan arazlaganlar ko‘pchilikni tashkil qilardi