Tsezardan Adolf Gitlergacha: tarixiy shaxslarning qo‘rquv va fobiyalari

Minglab jangchilarni boshqargan, katta janglarda bir necha bor qatnashgan odamni nima qo‘rqitishi mumkin? Ular o‘z taqdirlariga qarshi chiqa olib, imperiyalar yaratgan. Biroq

Ma’lum bo‘lishicha, bunday odamlarda ham qo‘rquv bor, hatto qurt-qumursqadan ham.

Gay Yuliy Sezar Oktavian Avgus Qadimgi Rim imperatori

Imperator momaqaldiroqdan juda qo‘rqqan. Chaqmoq, momaqaldiroq ovozi eshitilgudek bo‘lsa, uni hech kim va hech narsa xonasi yoki ko‘chma chodirini tark etishga majbur qila olmagan.

Uning bu fobiyasi haqida Rim tarixchisi Svetoniy so‘zlab bergan. Uning ta’kidlashicha, Sezar Momaqaldiroq sochuvchi Yupiter” ibodatxonasini faqat xudosi “ko‘nglini ovlash” uchun qurgan ekan.

Ammo bundan hech narsa chiqmadi. Rim imperatori umrining oxirigacha bu tumor uni chaqmoq urishidan himoya qiladi, deb o‘ylab, o‘zi bilan birga bir parcha tyulen terisini olib yurgan.

Franklin Delano Ruzvelt - AQShning 32-prezidenti

Garchi Ruzvelt har doim odamlar qo‘rqishi kerak bo‘lgan yagona narsa - bu qo‘rquvning o‘zideb ta’kidlagan bo‘lsa-da, uning o‘zi o‘lgudek olovdan qo‘rqardi.

Bu fobiya unga butun hayoti davomida tinchlik bermasdi. Bu qo‘rquv kichkinaligida zinadan libosi yonib tushib kelayotgan sevimli xolasini ko‘rganida paydo bo‘lgan. O‘shanda xolasi spirtli chiroq bilan nimadir qilgan va kiyimi olovga tekkan. Xola qutqarildi, jiyan esa yomon ta’sirlanib qoldi.

Ruzvelt butun umri davomida to‘satdan yong‘in bo‘lib ketib, unga hech kim yordam bera olmaydi, deb o‘ylab hech qachon yotoqxonasining eshigini yopmagan.

Chingizxon - Mo‘g‘ullar imperiyasi asoschisi va birinchi buyuk xoni

Aytishlaricha, dunyoning yarmini zabt etgan bu buyuk sarkarda xotini, onasi va itlardan qo‘rqqan.

Bolaligida dashtda ota-onasining chorvasini boqib yurgan Chingizxon  qayerdandir dahshatli mo‘g‘ul bo‘rilari paydo bo‘lganini ko‘rib qoldi. O‘shanda bolakay Temuchin daraxtga chiqib, ulardan zo‘rg‘a qutuldi. Chingizxon o‘z bayrog‘i ostiga ko‘plab mo‘g‘ul qo‘shinlarini to‘plab, dunyoni zabt etishga otlanganida ham uning yaqin atrofida birorta it bo‘lmagan.

Buyuk Pyotr I - rus podshosi, Rossiya imperiyasining asoschisi

Tomoshabinga Buyuk Pyotr haqida hikoya qiluvchi ko‘plab badiiy filmlarda podshoh o‘z mulozimlaridan oldin fuqarolar uylariga kirib borgani ko‘rsatiladi. Ammo bu mutlaqo bunday emas.

Pyotr I hech qachon, hech qanday sharoitda uyga, ayniqsa dehqonlarning uyiga birinchi bo‘lib kirmagan. Gap shundaki, shoh oddiy, uzoq vaqtdan beri inson uylaridan joy topib qo‘ygan suvaraklardan juda qo‘rqardi.

Muammar Qaddafiy — Liviya davlat arbobi

U balandlikdan juda qo‘rqardi. Agar biror davlatga rasmiy tashrif bilan borsa, mezbonga davlat rahbarlarining uchrashuvi, muzokaralari, rasmiy ziyofatlar faqat birinchi qavatda tashkil etilishi kerakligi haqida xabar berilar edi.

Qaddafiy birinchi qavatdan yuqoriga chiqa olmasdi. Tabiiyki, uning Liviyadagi va Liviya elchixonalaridagi kvartiralari faqat birinchi qavatlarda joylashgan edi. Umrining so‘nggi yillarida Liviya rahbari badaviylar chodirida uxlash va ishlashni afzal ko‘rdi. Muammar Qaddafiyning Fransiyaga rasmiy tashrifi chog‘ida ham Parijning qoq markazida uning shaxsiy chodiri tikildi.

Adolf Gitler - natsistlar yetakchisi, nemis davlat arbobi

Oddiy odam, tish og‘rig‘i bezovta qilsa, shifokorga boradi. Fashistlar Germaniyasida hokimiyat tepasiga ko‘tarilgan Adolf Gitler, albatta, bunday imkoniyatga bor bo‘lib, uni har qanday tish shifokori davolashi mumkin edi.

Biroq u umrida hech qachon tish shifokoriga murojaat qilmagan. U bu shifokordan qo‘rqishi sababli tish og‘rig‘idan azob chekishni afzal ko‘rardi. Aytgancha, uning quroldoshi, nasist, Lyuftvaffe (Germaniya havo kuchlari) boshlig‘i Hermann Gering ham stomatologlardan o‘lgudek qo‘rqqan.