Samarqandda ikki yuz ellikka yaqin pedagog ming dollar ish haqi olyapti

Viloyatda bugungi kunda 1333 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari (1268 ta umumta’lim, 18 ta ixtisoslashtirilgan, 1 ta Prezident maktabi, 46 ta nodavlat maktab), 17 ta “Barkamol avlod” bolalar maktablari, 1 ta Bolalar kutubxonasi, 1 ta viloyat Pedagogik mahorat markazi, 4090 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari (764 ta davlat bog‘chasi, 143 ta DXSh, 62 ta nodavlat (xususiy), 3 121 ta oilaviy bog‘cha) faoliyat yuritmoqda.
Maktablarda 61 ming 536 o‘qituvchi 776 ming 905 o‘quvchiga ta’lim-tarbiya bermoqda.
Xarajat, harakat, natija
Joriy yilda 9 ta yangi nodavlat umumta’lim maktabi tashkil etilib, viloyatda ularning soni 43 taga yetkazildi.
Bundan tashqari, avvalgi yillarda 20 ta umumta’lim maktabida inklyuziv ta’lim tizimi joriy qilingan bo‘lsa, bugungi kunda ularning soni 52 tani tashkil qilmoqda.
“Zamonaviy maktab” maqomiga ega bo‘lgan maktablar 108 tadan 202 taga (+94 ta) oshirildi.
O‘quvchilarga 2 ta xorijiy til va 1 ta kasb o‘rgatilayotgan maktablar 16 tadan 96 taga (+80 ta) yetkazildi.
Bundan tashqari, joriy o‘quv yilida maktablarga 26 nafar xorijiy mutaxassis o‘qituvchilar jalb qilindi. Xususan, Rossiya Federatsiyasidan 14 nafar, Filippin davlatidan 9 nafar, Hindistondan 1 nafar, Fransiyadan 1 nafar, Kanadadan 1 nafar o‘qituvchi farzandlarimizga saboq bermoqda.
Viloyatdagi 8 nafar fransuz tili o‘qituvchisi Fransiyada malaka oshirdi.
Bu kabi ishlar natijasida milliy va xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchilar 3526 nafarga yetdi.
Qayd etish lozim, viloyatimiz o‘qituvchilaridan 84 nafari oylik maoshidan tashqari har oyda Vazir jamg‘armasining 5,5 million so‘mdan ustamasini oladigan bo‘ldi.
2017-2021 yillar davomida oylik ish haqlari 1000 dollarga tenglashtirish jarayoni davom etirilgan bo‘lsa, 2021 yil 5 nafar, 2022 yilda 52 nafar, 2023 yil 71 nafar, 2024 yil 135 nafar, joriy yilda esa 249 nafar pedagoglarimiz 1000 dollardan ziyod ish haqi olmoqda.
Viloyatda olis va chekka xududlardagi ta’lim muassasalarga boshqa viloyat va tumanlardan kelib dars beradigan o‘qituvchilar 353 nafar (Navoiy 152 nafar, Samarqand 100 nafar, Qashqadaryo 36 nafar, Andijon 18 nafar, Jizzax 10 nafar, Xorazm 8 nafar, Sirdaryo 7 nafar, Buxoro 7 nafar, Farg‘ona 5 nafar, Surxondaryo 4 nafar, Namangan 3 nafar, Toshkent 3 nafar)ni tashkil etadi.