Toshkentda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining final bosqichi o‘tkazildi

14–16 may kunlari Muqimiy nomidagi O‘zbek davlat musiqali drama teatrida o‘tkazilgan festivalning final bosqichida Toshkent davlat tibbiyot universiteti, Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti, Andijon davlat pedagogika instituti, Termiz iqtisodiyot va servis universiteti, Namangan davlat pedagogika instituti teatr jamoalari mavsum g‘olibligi uchun bellashdi.
Festivalning ikkinchi kunida Qarshi davlat texnika universiteti, Termiz davlat pedagogika instituti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Farg‘ona davlat universiteti jamoalari o‘z chiqishlari bilan qatnashdi.
Final bo‘yicha yakuniy natijalarga ko‘ra, Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti va Andijon davlat pedagogika instituti 1-o‘rinlari qo‘lga kiritdi.
Festival g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan I, II va III darajali diplom, maxsus statuetka va 1-o‘rin BHMning 190 barobari,; 2-o‘rin BHMning 140 barobari va 3-o‘rin BHMning 85 barobari miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlandi.