Camarqandda “Ta’lim va kasb” xalqaro ko‘rgazmasi o‘tkazildi

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tashkil etilgan tadbir yoshlarning kasb tanlovi, ta’limdagi yo‘nalishini aniqlash, iste’dod va qiziqishlariga mos sohani tanlashiga ko‘maklashishga bag‘ishlandi.

Unda o‘quvchilar, abituriyentlar va yosh mutaxassislar ishtirok etidi va bu ko‘rgazma ular uchun yangi imkoniyatlar maydoniga aylandi.
Ko‘rgazmada O‘zbekistonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan bir qatorda 15 dan ortiq xorijiy davlatlar universitetlari o‘z ta’lim dasturlari, grant loyihalari, xalqaro almashinuv imkoniyatlarini taqdim etdi.
O‘quvchilar va abituriyentlar uchun maxsus maslahat burchaklari tashkil etilib, o‘qish, til o‘rganish, xorijda ta’lim olish hamda zamonaviy kasblar haqida ma’lumotlar berildi.
Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari H.To‘xtayev ishtirok etdi.