Chekish sog‘liq uchun zarar! Buni yodda saqlayapmizmi?
Yaqinda dugonalarim bilan tushlik qilish uchun oshxonaga kirdik. Odam gavjum. Ammo e’tiborimizni qo‘shni stolda sigareta chekayotgan homilador ayol tortdi. Dangalchiroq dugonam ayolning oldiga borib, chekayotgan sigaretasining tutuni atrofga tarqalayotgani, jamoat joyida chekish mumkin emasligini, ayniqsa, homilador holida bu bolaga ziyon keltirishini aytdi.
Ayol dugonamni jerkib tashladi.
Jamoat joylari, umumiy ovqatlanish maskanlari, muassasalarda "Cigareta chekish man etiladi!", deya taqiqlov belgisi bilan yozib qo‘yiladi. Lekin aksariyat odamlar bu taqiqqa e’tibor bermaydi. Ular nafaqat o‘zlarining, balki atrofdagilarning sog‘lig‘iga ziyon yetkazishayotganini o‘ylab ham ko‘rishmaydi.
Marjona ABDUHOShIMOVA,
Jomboy tumani.