Chekuvchilarda koronavirus og‘irroq kechadi
Yonayotgan sigareta tarkibida inson salomatligi uchun zararli 400 ga yaqin birikma mavjud. 20 dona sigareta chekilganda 1 gramm tamaki qatroni hosil bo‘ladi, har qanday mukammallashgan filtr 20 foizdan ortiq moddani tutib qololmaydi. Chekadigan odamlarda bu illat yuqori nafas yo‘llarining yallig‘lanishiga olib keladi va asorat qoldiradi.
Koronavirus pandemiyasi davrida chekuvchilarda xastalik og‘irroq kechadi va salbiy oqibatlarga olib keladi. Bundan tashqari, chekish yurak qon-tomir kasalliklarini keltirib chiqaradi. Gipertoniya, miokard infarkt kashanda bemorlarda 5 barobar ko‘p uchraydi. Hozirgi vaqtda yoshlar o‘rtasida tamaki, nos chekuvchilar ko‘payib ketmoqda. Nosni beziyon deb o‘ylovchilarga aytish mumkinki, u asosan tamaki talqonidan tayyorlanadi. Quritilgan tamaki nos holiga kelishi uchun unga ma’lum miqdorda kul, so‘ndirilgan ohak, kunjut moyi qo‘shiladi. Bular o‘z navbatida konserogen modda, ya’ni rak paydo qiluvchi moddalar hisoblanadi.
A.BOZOROV,
B.RAHIMBOYEV, vrach-narkologlar.