Chikago shahridagi otishmada olti kishi halok bo‘ldi
AQShning Illinoys shtatida qurollangan noma’lum shaxsning AQSh Mustaqillik kuni munosabati bilan o‘tkazilgan paradda o‘t ochishi oqibatida kamida olti kishi halok bo‘ldi, 24 kishi yaralandi, deb xabar bermoqda mahalliy OAV.
Hodisa Chikago yaqinidagi Xaylend parkida sodir bo‘lgan. CNN iqtibos keltirgan parad ishtirokchilaridan birining aytishicha, bayram tadbiri boshlanganidan 20 daqiqa o‘tgach, mahalliy vaqt bilan taxminan soat 10:20 da 30 ga yaqin o‘q ovozini eshitgan.
Keyinchalik huquq-tartibot idoralari xodimlari Illinoys shtatidagi Leyk Forest yaqinida qochishga uringan gumonlanlanuvchi Robert I.Krimoni qo‘lga olgan.
The Washington Post nashrining yozishicha, bayram paradi nafaqat Xaylend parkda, balki qo‘shni shaharlarda ham bekor qilingan.