Cho‘kib ketgan yigitlarning jasadi topilmadi
Joriy yil 24 iyul sanasida Chorvoq suv omborida soat taxminan 14:00 larda ikki yigit qayiqdan yiqilib, cho‘kib ketgan. Bosh prokuratura ushbu xabarni tasdiqladi, deya xabar qildi "Repost".
"Chorvoq suv ombori hududiga ikki oila dam olgani kelgan. 1995 va 1996 yilda tug‘ilgan ikki yigit baliq tutishga moslashgan qayiqda suv omborining narigi qirg‘og‘iga borishgan. Ular ortga qaytayotganda extiyotsizlik sabab qayiq ag‘darilib ketgan va ular cho‘kib ketgan. Hozirda ularning jasadi topilmadi", - deyilgan Bosh prokuratura axborotida.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan qidiruv ishlari olib borilmoqda.