Chumolilar odamlarday yig‘ilishlar o‘tkazmaydi, ularda mahalliy qo‘mita yo‘q

Ammo metin intizom, halol va fidoyi mehnat bor. Bu jamoada dangasalar va badmastlar, g‘iybatchilar va laganbardorlar, har har qanday qonun-qoidalarni inkor etuvchi (nigilist)lar va ekstremistlar, xoinlar va ablahlar yo‘q. Mehnat hamma uchun birinchi zarurat, intizom hamma uchun qonun!
Ularning bir-biriga, oilaga g‘amxo‘rligi haqida o‘nlab ilmiy va badiiy asarlar bitish mumkin. Masalan, oila a’zolaridan birortasi yaralanib yoki xastalanib qolguday bo‘lsa, galalashib unga girgitton bo‘lishadi. Jami jonivorlardan farqli o‘laroq, nobud bo‘lgan sheriklarini chiqarib ko‘mishadi. Biror falokat ro‘y berganda, masalan, inlari buzilganda yoki uni suv bosganda, eng avvalo, tuxumlari, polaponlari, yaradorlarini olib qochishadi.
Vaholanki, ular – chumolilar.
ALIShER.