"Cobalt" va "Spark" to‘qnashuvida haydovchi vafot etdi
Joriy yilning 13 may kuni soat 21:00 larda 24 yoshli X.X. boshqaruvidagi «Cobalt» rusumli avtomashinani Urganch shahri Jayxun ko‘chasi hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘li bo‘ylab harakatlanib ketayotgan vaqtida o‘ziga nisbatan qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, shu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan 23 yoshli D.U.ning boshqaruvida bo‘lgan «Spark» rusumli avtomashina bilan to‘qnashuv sodir qilgan.
IIV huzuridagi Tergov departamenti axborot xizmati xabariga ko‘ra, YHT oqibatida «Spark» avtomashinasi haydovchisi D.U. olgan tan jarohatlari bilan hodisa joyida vafot etgan.
Urganch shahri bo‘yicha IIO FMB 3-son IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan fuqaro X.X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.