"COVID-19"ga qarshi vaksina bilan kimlar emlanishi mumkin emas?
👉 vaksinaning komponentlariga yuqori sezgirligi bo‘lgan shaxslar;
👉 anamnezida og‘ir allergik reaksiyalari bo‘lgan shaxslar;
👉 o‘tkir yuqumli va yuqumsiz kasalliklar bilan kasallanganlar;
👉 homilador va emizuvchi ayollar (vaksinaning ushbu kontingentga xavfsizligi to‘g‘risida malumot yetarli emasligi sababli);
👉 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
👉 OIV infeksiyasiga chalingan shaxslar (vaksinaning ushbu kontingentga xavfsizligi to‘g‘risidagi ma’lumot yetarli bo‘lmagani sababli).
Ta’kidlash joiz, koronavirus infeksiyaning o‘tkir shakli simptomlari bo‘lgan bemorlar, laboratoriyada "COVID-19" musbat natija bergan, biroq klinik belgilari kuzatilmayotgan shaxslar va koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan shaxslar, karantin muddati tugaganidan so‘ng emlanadilar.
Shuningdek, emlashga bo‘lgan barcha turdagi mone’liklar emlash punktlarida ro‘yxatga olinadi. Bir oygacha va undan ko‘p muddatga berilgan tibbiy cheklovlar immunologik komissiya a’zolari tomonidan ko‘rib chiqiladi va shunga asosan yakuniy xulosa qilinadi. Emlashga mone’ligi bo‘lgan shaxslarni davolash, sog‘lomlashtirish rejalari tuziladi va har bir shaxsga alohida individual emlash rejasi tuziladi. Emlanishga mone’ligi bo‘lgan shaxslarning ambulatoriya kartalarida va tibbiy cheklovlarni ro‘yxatga olish jurnalida tibbiy cheklovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar qayd etiladi.