COVID-19ga qarshi vaksina bozorida haqiqiy “jang” boshlanish arafasida

Koronavirusga qarshi vaksina bozori ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan haqiqiy jangga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda Rossiyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar fondi (RTIF) rahbari Kirill Dmitriyev ta’kidadi.

“Yana 6 oydan so‘ng shunday vaziyat yuzaga keladiki, vaksinasi bor davlatlar bir nechta bo‘ladi. Taxminimizcha, bu Buyuk Britaniya, Rossiya, Xitoy va AQSh bo‘ladi. Boshqa mamlakatlar esa kimga ko‘proq ishonishni hal qiladi”, deya ta’kidladi Dmitriyev.

U shuningdek dunyodagi “siyosiy to‘siqlar” haqida ham to‘xtalib o‘tdi va barchani birinchi navbatda insonlar xavfsizligini ta’minlashga chaqirdi.

“Siyosiy to‘siq va siyosiy qarashlar old texnologiyalardan foydalanishga halaqit beradi. Kelinglar, birinchi navbatda insonlar xavfsizligini ta’minlaylik, siyosat bilan keyin ham shug‘ullansak bo‘laveradi”, dedi RTIF rahbari.

Dmitriyev taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, ayni vaqtda Rossiya Yaqin Sharq, Lotin Amerikasi va Osiyo mamlakatlari bilan vaksina yetkazib berish to‘g‘risida muzokaralar olib bormoqda. Shu bilan birga, u siyosiy bosim tufayli G‘arb mamlakatlari Rossiya vaksinasidan bosh tortganini ma’lum qildi.