Dam olish kunlari ayrim hududlarda momaqaldiroq bilan birga yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, bugun Kaspiy dengizining janubiy hududlaridan nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va kechga tomon Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Respublikaning ba’zi joylarida shamol tezligi soatiga 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatiladi. Havo harorati kunduzi +27...+32 darajani tashkil etadi.
Ertaga mamlakat bo‘ylab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +15...+20 darajani, kunduzi +27...+32 darajani tashkil etadi.
Yakshanba kuni O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo ochiq, quyoshli bo‘lishi kutilmoqda, faqat respublikaning shimoliy hududlari bo‘yicha momaqaldiroq bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol tezligi soatiga 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatiladi. Havo harorati kechasi +13...+18 kunduzi +30...+35 darajani tashkil etadi.