Dam olish kunlari havo harorati biroz pasayadi

"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, bugun va ertaga respublika bo‘yicha asosan kam bulutli va o‘rtacha issiq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati +33...+38 daraja atrofida bo‘ladi.

Yakshanba kuni O‘zbekiston hududiga Kavkaz hududlaridan nisbatan salqin va nam havoning yana bir qismi kirib keladi. Respublika bo‘yicha bulutli ob-havo kuchayadi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarining ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat yana +31...+34 darajagacha, janubning ba’zi joylarida +38...+40 darajagacha pasayadi. Salqin havo kechasi va ertalab seziladi, kechasi harorat +15...+18 darajagacha pasayadi.

Bugun janubda va cho‘l hududlarda, 24-25 iyun kunlari respublikaning ba’zi joylarida shamol tezligi soatiga 13-18 m/s gacha, ayrim joylarda 20-23 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi kutilmoqda.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 24-25 iyun kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.