Daraxtlarni qasddan kesganlarga qanday jazo beriladi?
Ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni qasddan shikastlantirish, payhon qilish, nobud qilish ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa, quyidagi jazo choralaridan biri qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi:
➖bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravaridan 200 baravarigacha (49 mln 500 ming so‘mdan 66 mln so‘mgacha) miqdorda jarima;
➖300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
➖2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
➖1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash;
➖3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.
❗️Yetkazilgan moddiy zararning o‘rni uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.