Davlat dasturi loyihasi keng muhokama qilinmoqda

Shunga ko‘ra, 13-14 yanvar kunlari viloyatning barcha tuman va shahar mahalliy kengashlari va ularning doimiy komissiyalarida senatorlar, viloyat Kengashi deputatlari, doimiy komissiyalar a’zolari, keng jamoatchilik vakillari, davlat tuzilmalari, mahalla faollari, nodavlat notijorat tashkilotlar hamda aholining barcha qatlamlarini jalb etgan holda Davlat dasturi loyihasi muhokama qilindi. 
Xuddi shunday muhokamalar viloyatdagi boshqaruv organlari, nodavlat-notijorat hamda jamoat tashkilotlarida ham o‘tkazildi.
Tadbirlarda bildirilgan tavsiyalar, loyihaning har bir bandi bo‘yicha ilgari surilgan fikrlar muhokama qilinib, 39 banddan iborat takliflar umumlashtirildi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatiga taqdim etildi.
Davlat dasturi loyihasi muhokamasi davom etmoqda.