Davlat grantining birinchi tanlovi e’lon qilindi

Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi

 “Jamiyat va oilada sog‘lom ijtimoiy- ma’naviy va tibbiy muhitni ta’minlashda fuqarolik jamiyati institutlarining faolligini oshirish”

mavzuida Davlat grantlari ajratish uchun 1-tanlovni

E’LON QILADI

Tanlovga nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatini boshqa institutlarining quyidagi maqsadlarni nazarda tutgan ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalari qabul qilinadi

1.Sog‘liqni saqlash muassasalari bilan ijtimoiy sheriklikda yuqumli kasalliklar profilaktikasi, aholi orasida COVID-19 virusining oldini olish hamda sog‘lom turmush madaniyatini yuksaltirishga ko‘maklashish;

2.Koronavirus infeksiyasi (COVID-19) tarqalishi, uning asoratlari va qayta kasallanish holatlardan saqlanish, aholi salomatligi va sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash maqsadida tibbiyot muassasalari bilan targ‘ibot ishlarini olib borish;

3.Ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, mobil aloqa operatorlari va boshqalar bilan ijtimoiy sheriklikda aholi o‘rtasida koronavirusning tarqalishiga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni tushuntirish, profilaktika qilish usullari bo‘yicha tibbiy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish;

4.Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, javobgarlik normalari bilan aholini on-layn tanishtirish, tarqatma materiallar ishlab chiqish va tarqatish;

5.Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, sanitariya qoidalari, gigiyena normalariga amal qilish, sanitariya-gigiyena tadbirlarini yanada kuchaytirish;

6.E’lon qilingan karantin va karantindan keyingi davrda aholi bilan ijtimoiy-ma’naviy va tibbiy on-layn targ‘ibot ishlarini olib borish;

7.Yuqumli kasalliklarning onadan bolaga o‘tishi, kasallikni yuqtirgan bolalar tug‘ilishining oldini olish, profilaktik targ‘ibot ishlarini olib borish;

8.Aholining turmush darajasini yaxshilash va ular uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiluvchi ijtimoiy loyihalarini amalga oshirish;

9.Sog‘liqni saqlash muassasalari bilan ijtimoiy sheriklikda aholida yuqumli kasallik yuqtirishni oldini olish, ularning xabardorligini oshirish, profilaktika choralarni kuchaytirish, manzilli ko‘mak ko‘rsatish;

10.Xotin-qizlar muammolarining o‘z vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj bo‘lgan og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish;

11.Jamiyat negizi bo‘lgan oila institutini, ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash, yoshlarning tibbiy madaniyatini oshirish va salomatligini mustahkamlash;

12.Qishloq joylarida ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish orqali aholining turmushi madaniyati sifatini yuksaltirish va bandligini ta’minlash;

13.Chekka va olis hududlarda aholi keng qatlamlarining jismoniy tarbiya va sportga jalb etish, ushbu sportni yanada rivojlantirish;

14.Mahallalarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, sanitariya-ekologik holatni yaxshilash ijtimoiy chora-tadbirlarini amalga oshirish;

15.Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish, ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish. 

Davlat granti ajratish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: 

1. Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati; 

2. www.fundngo.uz veb-saytida joylashtirilgan shaklda to‘ldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza;

3. Oxirgi o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan NNTlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining Ustavi (Nizomi) nusxasi;

4. Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi; 

5. Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nusxasi;

6. Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining tavsiya hamda qo‘llab-quvvatlash xatlari. 

Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori – 40 million so‘mgacha. 

Hujjatlar 2020 yil 15 apreldan 18 maygacha qabul qilinadi.

Hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNTlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi nomiga “O‘zbekiston pochtasi” orqali yuboriladigan muhrlangan konvertlarda (A4 formatda) quyidagi manzil bo‘yicha qabul qilinadi: 100035, Toshkent shahri, Bunyodkor ko‘chasi, 1-uy. 

Hujjatlarni taqdim etish shartlari va namunalari bilan Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining www.fundngo.uz rasmiy veb-saytida tanishish mumkin. 

Ma’lumot uchun telefonlar: (0-371) 239-26-76, 239-26-86.