Davlat mulk ob’yektlari va yer uchastkalarini sotish tartibi soddalashtirildi

Eksperiment doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyat hokimlariga quyidagi huquqlar berildi:

•bo‘sh turgan davlat ob’yektlarini 1 so‘mga teng qiymatdagi boshlang‘ich narxda (keyingi har bir qadam 1 mln so‘mdan) elektron auksion orqali sotish;

•yerlar va bo‘sh turgan davlat ob’yektlarini investitsiyaviy (kamida 1 mln. AQSh dollari ekvivalentida) va ijtimoiy majburiyatlar yuklangan holda auksion o‘tkazmasdan sotish;

•sug‘orilmaydigan yerlar toifasiga kiradigan yerlardan 50 yilga foydalanish huquqini investitsiyaviy (kamida 1 mln. AQSh dollari ekvivalentida) va ijtimoiy majburiyatlar yuklangan holda sotish;

•avtomobil yo‘llariga tutash hududlardagi har qanday yerlarni yo‘lbo‘yi va turistik infratuzilma ob’yektlarini qurish uchun elektron auksion orqali sotish;

savdo-ko‘ngilochar va umumiy ovqatlanish ob’yektlari faoliyati tungi vaqtda cheklashga yo‘l qo‘yilmaydigan hududlarni tashkil etish.

Yerlarni sotishdan tushgan mablag‘lar ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvatlash yo‘naltiriladi.