Samarqandda noruda foydali qazilmani qazib olgan shaxslar "ish"i fosh etildi

Ushbu holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Samarqand tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlandi.
“J.Q.” MChJ mas’ul shaxslari “Ilonsoy-1” qum konidan ajratilgan hududidan tashqarida maxsus texnikalar yordamida 11,2 ming metr/kub noruda foydali qazilma hisoblangan tabiiy qum xom ashyosini o‘zboshimchalik bilan qazib olgan va davlat manfaatiga 2,8 mlrd so‘m zarar yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) va 229-moddasi (o‘zboshimchalik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.