Davlat organi va boshqaruv tashkilotlari rahbarlari malaka oshirdi

6-11 iyun kunlari Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlari davlat organi va tashkilotlaridagi rahbar kadrlar uchun Davlat boshqaruvi akademiyasi Samarqand hududiy filialida tashkil etildi. 3 ta hudud rahbarlarining malakasi oshirildi.
Tegishli hujjatlarga asosan davlat organlari va tashkilotlari davlat fuqarolik xizmatchilarining ishlab chiqarishdan ajralgan holda har yili qisqa muddatli (30 — 60 soatli) malaka oshirish kurslaridan o‘tishini tashkil etish belgilangan.
Shunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi va uning hududiy filiallari hamkorligida Davlat xizmatchilari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etilgan.
Ana shunday malaka oshirish kurslari joriy Navbatdagi o‘quv kurslariga jami 47 nafar hududlardagi rahbarlari jalb etilgan bo‘lib, jumladan, Samarqand viloyatidan iqtisodiy kompleks rahbarlari - viloyat hokimligi Moliya Bosh boshqarmasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish Bosh boshqarmasi, Investitsiya va tashqi savdo hamda viloyat bo‘yicha G‘aznachilik boshqarmalarining rahbarlari, shuningdek, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyati filiallari xodimlari ishtirok etishdi.
Ushbu malaka oshirish kurslari 60 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, hudud darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarida faoliyat yuritib kelayotgan rahbarlarning bilim, malaka va ko‘nikmasini rivojlantirishdan iborat.
Malaka oshirish kursi davomida tinglovchilarga
2022 – 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi mazmun-mohiyati, O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati sohasidagi tub o‘zgarishlar, Davlat xizmatida Halollik standartlari, Zamonaviy menejment usullari kabi mavzularda Davlat boshqaruv akademiyasi va uning hududiy filiali professor-o‘qituvchilari tomonidan ma’ruzalar hamda vebinarlar tashkil etildi.
Bundan tashqari, tinglovchilarning soha yuzasidan amaliy bilimlarini rivojlantirish maqsadida “Samarali muloqot”, “Boshqaruv ko‘nikmalari”, “Taym-menejment”, “Jamoani shakllantirish” kabi mavzularda trening mashg‘ulotlari ham o‘tkazildi. Ushbu trening mashg‘ulotlarining tashkil etilishi ilm bilan amaliyotni bir-biriga integratsiya qilish, tinglovchilarning ham kasbiy, ham shaxsiy kompetensiyalarini rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shadi.
Tashkil etilayotgan malaka oshirish kurslarining ahamiyatli jihatlaridan biri bunda tinglovchilarga ham nazariy, ham amaliy bilimlar uyg‘unlashgan holda o‘rgatilishi, kasbiy kompetensiyalarini mustahkamlanishi shuningdek, rahbarlarning boshqaruv mahorati va ko‘nikmasi rivojlantirilishi ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, malaka oshirish kurslarini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlar Davlat boshqaruvi akademiyasiga ajratilgan Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilmoqda.
Malaka oshirish kurslari yakunida test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchilarga sertifikatlar taqdim etilishi belgilangan.
R.Umarova,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Samarqand viloyati filiali bosh inspektori.