Davlat san’at muzeyida Qozog‘iston ramzi "Tilla odam" namoyish etiladi
- 02.04.2019 21:46
- 149
- Madaniyat
11 apreldan O‘zbekiston davlat san’at muzeyida Qozog‘iston ramzi – Tilla odam namoyish etiladi. Bu haqda minbar.uz xabar bermoqda.
Caklar shohi – Tilla odamning qoldiqlari 1960-yillar oxiri – 1970-yillar boshida Olmaota atrofida arxeolog Kemal Akishev tadqiq qilayotgan Issiq qo‘rg‘onidan topilgan.
Topilmaga "qozoq Tutanxamoni" deb nom berishdi va u keyinroq Qozog‘iston ramziga aylandi.
Qadimiy hukmdorning tojidagi oltin bezaklar – qanotli tulporlar Qozog‘iston davlat gerbining bir qismiga aylandi, Olmaotadagi Mustaqillik maydoniga esa Tilla odam haykali o‘rnatildi.
Tilla odam eksponati Qozog‘iston milliy muzeyining "Buyuk dasht: tarix va madaniyat" ko‘rgazmasi doirasida namoyish qilinadi.
Ko‘rgazmada sak qo‘rg‘onlaridan topilgan jami 106 ta eksponat namoyish etiladi.
2019 yil O‘zbekistonda "Qozog‘iston yili" deb e’lon qilingan.