Davlatga xoinlik qilishda ayblangan siyosatchi 12 yilga qamaldi

2020 yil 25 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 157-moddasi (davlatga xoinlik qilish) 1-qismi va 248-moddasi (qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblangan R.Sayfulinga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati xabar qildi.

Bir necha oy davomida o‘tkazilgan yopiq sud majlisida sudlanuvchi va guvohlarning ko‘rsatmalari tinglanib tahlil qilindi.

Tergov organi tomonidan to‘plangan dalillarga baho berilib, sudlanuvchining vajlari tekshirildi.