Davr fidoyilari

O‘ktam Saidmurodovni tadbirkorlar diyonatli, yangilikka o‘ch va bag‘rikeng hamkasb, quruvchilar sohamizdan chiqqan taniqli ziyoli sifatida hurmat qilishadi. Aslida ham shunday.

Uning rahbarligidagi "Stekloplastik" korxonasida deyarli har yili yangi mahsulot chiqadi, uning tashabbusi bilan har yili Samarqand tumanidan 20 nafarga yaqin yoshlar tadbirkorlikka o‘qitiladi.

Xalq deputatlari viloyat Kengashining deputati sifatida O‘.Saidmurodov o‘zi saylangan 15-Dehqonobod saylov okrugi aholisi bilan yaqin aloqa o‘rnatgan. Ularning shikoyat, taklif va mulohazalarini o‘rganib, tegishli tashkilotlarga yuboradi, o‘z deputatlik so‘rovlarining ijrosini ta’minlaydi.

Bundan tashqari, fidoyi deputat transport, sanoat va qurilishdagi dolzarb muammolarni sessiyaga olib chiqishda jonbozlik ko‘rsatadi. Shu sababli deputatlar o‘rtasida ham katta obro‘ga ega.

- Davlatlar o‘rtasidagi integrallashuv chuqurlashib borayotgan bir paytda yangi texnologiyalar asosida yurtimizda bor hom ashyoni qayta ishlashni, uni jahon bozoriga chiqara olishimiz katta ahamiyatga ega, - deydi O‘.Saidmurodov.