Dekabr oyi issiq kelishi ma’lum qilindi

"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, dekabr oyi sovuq bo‘lmaydi. O‘rtacha oylik harorat me’yordan yuqori, ba’zi hududlarda me’yor atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Shuningdek, havo harorati kechasi 1-6 darajagacha sovuq, shimolda 8-13 darajagacha sovuq holatlari kuzatiladi. Dekabr oyi uchun bu normal holat.
Eng issiq kunlarda havo harorati +15, +18 darajagacha, janubda +20, +22 darajagacha ko‘tariladi.
Dekabr oyi boshlanishi qish uchun xos bo‘lmagan iliq ob-havo bilan boshlanadi. Oyning birinchi haftasida O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchiliksiz, quruq, havo harorati kechalari +2, +7 daraja, kunduzlari +13, +18 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda. Dekabr oyining bunday quruq va iliq boshlanishi O‘zbekistonda juda kam uchraydi.
Keyinchalik, oyning oxirigacha, "O‘zgidromet" prognoziga ko‘ra, havo harorati kechalari 5-8 daraja iliqdan 3-6 daraja sovuqqacha, kunduzlari 15-18 daraja iliqdan 2-5 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda.