Deputat bemorlardan hol-ahvol so‘rab, ularning uyiga bordi

Xalq deputatlari viloyat kengashi deputati, viloyat endokrinologiya dispanseri bosh vrachi G.Negmatova «Umid-D» diabet kasalligi bilan og‘rigan bemorlar va nogironlarni qo‘llab-quvvatlash assotsiatsiyasi hamda «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya jamg‘armasi viloyat bo‘limi shifokor va mutaxassislari bilan hamkorlikda Samarqand shahridagi nogironligi bo‘lgan shaxslar, tibbiy reablitatsiyaga muhtoj, yolg‘iz va keksa bemor ayollar xonadoniga borib, ular holidan xabar oldi.
Shuningdek, bemor ayollarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, ularga 10 turdagi bepul dori-darmon va oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etdi.
- Shifokorlarning uyimizga kelib, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazganidan xursand bo‘ldim, - deydi 73 yoshli Dilbar G‘aniyeva. – Davlatimizning ochiq siyosati tufayli deputatlar doim aholi holidan xabar olmoqda. Ular ko‘rsatgan muruvvat va g‘amxo‘rlikdan boshim osmonga yetdi.
Dilmurod To‘xtayev.