Deputat Feruz Nasrullayev ko‘magida Mingchinorda 5 ta yangi ish o‘rni yaratiladi

Xalq deputatlari Samarqand viloyati kengashi deputati, O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Feruz Nasrullayev Bulung‘ur tumanidagi Mingchinor mahalla ahlining muammolarini o‘rgandi.
Muloqotlar chog‘ida Mingchinor MFY raisi Saodat Allayorova hududda tikuvchilik, novvoyxona, pishiriq sexi, ayollar go‘zallik saloni, erkaklar sartaroshxonasi hamda yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha o‘quv markazi tashkil etishga ehtiyoj borligini aytdi.
Deputat F.Nasrullayev mazkur tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlab, mahalla markazidagi 1 ta xonani to‘liq ta’mirlab berishni va tikuvchilikni yo‘lga qo‘yish uchun 5 ta tikuv mashinasi olib berishni o‘z zimmasiga oldi. Natijada mahalladagi 5 nafar ishsiz xotin-qizlar doimiy ish bilan ta’minlanadigan bo‘ldi.
Baxtigul QARShIYeVA.