Deputat xayrli ishga bosh qo‘shdi

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati G.Negmatova Oqdaryo tumanidagi Avazali qishlog‘idagi saylovchilari turmush tarzi bilan tanishish jarayonida A.Eshnazarov oilasining iqtisodiy qiyin sharoitda yashayotganiga guvoh bo‘ldi.
Deputat uch nafar voyaga yetmagan farzand o‘sayotgan, doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan ushbu xonadonga yordam berishga ahd qildi. Homiylarni jalb qilib, ularga bir bosh qoramol keltirib berdi.
Shuningdek, G.Negmatova bu oilaga tomorqadan samarali foydalanishga ham yordam beradigan bo‘ldi.