Deputatga Samarqand shahrining olti mahallasi bo‘yicha 30 dan ortiq murojaat tushdi
- 26.09.2019 08:58
- 81
- Siyosat
Tinchlik mahallasi raisi Nasiba Davronova chiqindixona qurish uchun ruxsat olishda amaliy ko‘mak so‘radi.
Yulduz mahallasi oqsoqoli Yaqub Yaqubov ko‘p qavatli uylarda yashovchilar fuqarolar uchun kuz-qish mavsumida ma’raka-mamarosimlarni o‘tkazadigan bino, nuroniylar dam oladigan madaniy-ma’rifiy maskan yo‘qligidan arz qildi.
Xalq deputatlari Samarqand shahar kengashi deputati Rustam Qarshiboyev tomonidan shaharning Bog‘ishifo, Sadaf, Tinchlik, Qarshi yo‘li, Yulduz va Istiqlol mahallalari aholisi uchun uyushtirgan sayyor qabulda yuqoridagi kabi masalalar nazoratga olinib, tegishli tashkilotlarga so‘rovnoma chiqariladigan bo‘ldi.
Qabul jarayonida aholidan ichimlik suvi, kanalizatsiya muammolari, elektr energiyasi bo‘yicha noreal qarzdorlik va boshqa masalalar yuzasidan 30 dan ortiq murojaatlar kelib tushdi.
Baxtigul QARSHIYEVA.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa