5 nafar vazir ham deputatlikka o‘tdi: hukumatda o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda
Parlamentga yagona saylov okrugidan O‘zLiDeP 26 ta o‘ringa ega bo‘ldi.
- Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ro‘yxatda 3-o‘rinda;
- «Milliy tiklanish» partiyasidan nomzod - Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov 6-o‘rin;
- Ekopartiyadan nomzod - Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov 4-o‘rinda;
- XDP nomzodi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov 4-o‘rin;
- «Adolat» partiyasidan nomzod - Adliya vaziri Akbar Toshqulov esa partiya ro‘yxatida 4-o‘rinda turibdi.
Qonunchilikka binoan partiyalar egallagan o‘rniga asosan, ro‘yxatdagi ketma-ketlikka ko‘ra nomzodlarni taqdim etadi.
Saylov kodeksiga ko‘ra, partiya ro‘yxati bo‘yicha saylanib, mandatga ega bo‘lgan deputat mandatdan ixtiyoriy ravishda voz kechgan taqdirda, Markaziy saylov komissiyasi tegishli partiya ro‘yxatidagi tartib raqam bo‘yicha keyingi nomzodga bir kunlik muddatda xabarnoma yuboradi.
Ya’ni, shartli vazir mandatini qaytarib bersa, ro‘yxat bo‘yicha mandat olmagan nomzodga mandat beriladi.
Endi deputatlikka o‘tgan mazkur 5 nafar vazir, o‘z o‘rnida vazir bo‘lib ishlab qolishni xohlasa besh kun ichida Markaziy saylov komissiyasiga buni ariza yozib bildirishi kerak bo‘ladi.
Deputat bo‘lgan O‘zbekistonning besh nafar vaziridan qaysi biri parlamentda ishlashi yaqin kunlarda hal etiladi.