Deputatlarning fuqarolar murojaatlarini qabul qilish qutilari tashkil qilindi
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Samarqand viloyat kengashi tashabbusi bilan joylarda partiyadan saylangan viloyat, tuman (shahar) kengashlari deputatlarining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish qutilari joriy etilmoqda.
Murojaatlar qutisi va har oyda bir marotaba fuqarolar bilan o‘tkaziladigan uchrashuv kuni aks etgan peshlavhalar joylardagi mahallalarga o‘rnatilmoqda.
- Deputatlar fuqarolarning arz-shikoyatlarini nafaqat og‘zaki, yozma tarzda, balki telegram messenjerlari orqali qabul qilish tizmlarini ham joriy qilishmoqda, - deydi O‘zLiDeP viloyat kengashi bo‘lim mudiri Nodir To‘rayev. - Bugungacha Samarqand shahrining 36 ta, viloyatimizning 200 ga yaqin mahallalarida murojaatlarni qabul qilish qutilari o‘rnatildi. Bundan ko‘zlangan maqsad aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirishdan iborat.
Baxtigul QARShIYeVA.