Devor va shiftdagi Yangi yil archalari. Oltin quymasiga teng birinchi yonuvchan girlyandalar
O‘rta asrlarda Yevropada archa to‘g‘ridan-to‘g‘ri shiftga osilgan. Daraxt shu alfozda shirinliklar bilan bezatilgan.
Bu ixchamlik bilan bog‘liq - xonada ko‘proq bo‘sh joy qolishi va bolalar sakrab va zavqlanib shirinliklarni tortib olishlariga imkon bo‘lgan.
1700 yilda Yevropadan olib kelingan, birinchi yangi yil archasi ko‘chalarga qo‘yilgan va bezatilmagan - daraxtning o‘zi bezak edi. 1840 yilda Rojdestvo daraxti ko‘chadan uyga ko‘chirildi - Rossiyada yashovchi nemislar uni birinchi bo‘lib uyga olib kelishdi.
Shahar aholisiga bu odat shu qadar yoqdiki, ular ham uyda archa o‘rnata boshladi. Daraxt halqa, lentava munchoqlar bilan bezatildi.
Bugungi kunda Yangi yil bezaklariga g‘ayrioddiy tus berilmoqda. Osilgan archa o‘rnini ulkan, turli bezaklarga boy yonib turgan hamda sun’iy va qo‘lbola archalar egallagan. Gulchambar, girlyanda yoki arqon yordamida devorda "yassi" archa va boshqalar yasaladi.
Sehrli yonuvchan girlyanda
1882 yilda ixtirochi Tomas Edisonning yordamchisi Edvard Jonson ajoyib g‘oyani o‘ylab topdi - turli rang elektr lampochkalarini sim orqali uladi. Ularni Nyu-Yorkdagi archasiga osib qo‘ydi. Ixtiro shu qadar sehrli va bayramona ediki, hamma yonuvchan archa bezagini ko‘rish uchun oshiqadi.
Ixtiro gazetalarda yoritildi. Biroq, bu g‘oya ko‘pchilikka yetib bormadi. XIX asrning oxirida lampochka va elektr energiyasi taqchil, arzon emas edi. Shuning uchun, birinchi oddiygina yonuvchan girlyandalar narxi 350 gramm og‘irlikdagi oltin quymaga teng edi.
Bir necha o‘n yil o‘tgachgina hayratlanarli yangi yil chiroqlarining narxi sezilarli arzonlashadi.
Gulnora Xoldorova tayyorladi.