Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Diyetolog immunitetni ko‘taruvchi «supermahsulot»lar haqida ma’lum qildi

Britaniyalik diyetolog Lili Satter koronavirus pandemiyasi davrida juda zarur bo‘lgan, immunitetni ko‘tarishga yordam beruvchi  "supermahsulot"lar nomini aytdi. Bu haqda RIA Novosti ma’lum qilmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, to‘laqonli ovqatlanish uchun odamga turli donli yorma (guruch, arpa, tariq, bug‘doy, grechka, javdar) mahsulotlari, baliq, zig‘ir, yong‘oq, mevalar, shuningdek, qatiq va sut mahsulotlari kerak. Bundan tashqari, mutaxassis kuniga taxminan ikki dona tuxum iste’mol qilish kerakligini tavsiya qildi.

Mutaxassis turli sabzavotlar, o‘simlik yog‘i va konservalangan pomidor ham inson organizmini qo‘llashda muhim ekanligini aytdi. Shuningdek, tanada suyuqlikni ma’lum darajada mo‘’tadil ushlab turish zarurligini eslatdi. Buning uchun  ko‘proq suyuqlik ichishni, tarvuz va bodring kabi serob meva-sabzavotlarni ko‘proq iste’mol qilishni maslahat berdi.

G.XOLDOROVA tayyorladi.