Diqqat! Ertaga Samarqand shahrida quyidagi ko‘chalarda transport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatiladi
- 31.05.2019 13:56
- 742
- Samarqand

“1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan, Samarqand shahrida bayram tadbirlari o‘tkaziladigan hududlarda jamoat tartibini saqlash hamda yo‘l harakati xavfsizligini taminlash maqsadida, Samarqand shahrining quyidagi ko‘chalarida:
Soat 07:00 dan 09:00 gacha:
- Viloyat musiqali drama teatri oldidan Bo‘stonsaroy ko‘chasi bilan Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi kesishmasidan Dinamo o‘yingohigacha piyoda yurish marafon davomida.
Soat 15:00 dan 23:00 gacha:
- A.Jomiy ko‘chasining O‘zbekiston ko‘chasi kesishmasidan A.Temur ko‘chasi kesishmasigacha ;
- A.Temur ko‘chasining A.Jomiy ko‘chasi kesishmasidan Shoxruxmirzo ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan qismida transport vositalarining harakati vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz, deb xabar bermoqda Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
O‘rta asr raketasi
- Kecha, 19:15
- O'qing, qiziq!
Boshqa viloyatlarga samolyotda boramiz
- Kecha, 16:11
- Samarqand