Dori vositalarini noqonuniy tarzda sotayotgan “savdogar” ishiga chek qo‘yildi
- 15.03.2021 14:56
- 20
- Samarqand
Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Samarqand shahri hududida noqonuniy tartibda dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalarning oldi-sotdisi bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarni aniqlash maqsadida tezkor tadbir o‘tkazdi.
Tadbir davomida Samarqand shahri, So‘zangaron ko‘chasida joylashgan supermarket yonida fuqaro Z.R. tomonidan “Samyun Way” hamda “V7” nomli jami 200 quti, qiymati 27 million so‘mga yaqin dori vositalarini sotayotgan vaqtda tadbir ishtirokchilari tomonidan to‘xtatib qolindi.
Dori vositalari daliliy ashyo sifatida olib qo‘yilib, hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati.
Teglar:
noqonuniy dori vositalari
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa