Doskani urib tushirgan "qahramon" topildi
Ijtimoiy tarmoqlarda maktab doskasini urib sindirgan o‘quvchining videosi keng tarqalib, qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lgandi.
Aniqlanishicha, videodagi holat Payariq tumanidagi 19- maktab o‘quvchisi tomonidan 2022 yilda sodir etilgan.
Video Tiktokga joriy yilning 23 sentyabr kuni joylagan va u keng muhokamalarga sabab bo‘lgan.
Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, holat o‘rganilganda o‘quvchi tomonidan maktab mulkiga keltirilgan zarar uning ota-onasi tomonidan qoplab berilgan, Payariq tumani IIB tomonidan o‘quvchining otasiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 47-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy jazo qo‘llanilgan.